«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin Rossiyada maşhur YouTube sayti tez orada yopilişini e’lon qildi.
Uning sözlariga köra, videoxostingdan foydalanganlik uçun jazo barça rossiyaliklarga ta’sir qiladi. Bu haqda Prigojinning şaxsiy matbuot xizmati xabar berdi.
«Endi sizlarga bir sirni aytaman. Özini xuddi qatnaşayotgandek körsatadigan, aslida bizga maxsus operatsiyada xalaqit beradigan, 9 may kuni Rossiya bayroğini kötaradigan, lekin qarindoşlarini xorijga jönatadigan, Dubayda golf öynaydiganlar tişini qançalik ğijirlatmasin, YouTube tez orada yopiladi. YouTube’dan faol foydalanayotganlar esa, öz navbatida, aniqlanib, munosib jazosini oladi», dedi u.
Avvalroq, Prigojin Rossiya Boş prokuraturasiga murojaat qilib, YouTube faoliyatini tekşiriş va Rossiya hududida uni taqiqlaşni söragan edi.
Şu bilan birga, dunyoning yetakçi ijtimoiy tarmoqlaridan Facebook, Instagram va Twitter 2022 yil mart oyidan beri Rossiya hududida taqiqlangan.

















