Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Qozoğiston bilan gaz sohasida hamkorlik böyiça yöl xaritasini imzoladi. Bu haqda «Gazprom» matbuot xizmati xabar berdi. 

Hujjat «Gazprom» boşqaruvi raisi Aleksey Miller va Qozoğiston boş vazirining birinçi örinbosari Roman Sklyar örtasidagi uçraşuvda imzolangan. «Tomonlar hamkorlikning borişi va istiqbollarini muhokama qildilar», deb yozdi Rossiya kompaniyasi. 

Avvalroq Sklyar Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari örinbosari Aleksandr Novak bilan uçraşgan edi. Uçraşuv yakunlari böyiça hukumat matbuot xizmati: «Roman Sklyar Qozoğiston tomonining Rossiya Federatsiyasi bilan energetikaning barça yönalişlari böyiça, jumladan, şimoliy va şarqiy hududlarni gazlaştiriş, Rossiya gazini uçinçi mamlakatlarga yetkaziş hajmini oşiriş böyiça hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyorligini tasdiqladi», deb yozgan edi. 

Interfax naşrining yozişiça, Rossiya hukumati Qozoğiston va Özbekiston rahbariyati bilan Rossiya gazini içki iste’molning ösişi va Xitoy oldidagi eksport majburiyatlarini hisobga olgan holda Qozoğiston va Özbekistonga yetkazib beriş hajmini oşiriş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Buning uçun gaz yetkaziş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va hatto yangi gaz quvurlarini quriş talab etilişi mumkin. Jumladan, Rossiya hududida gaz transporti infratuzilmasini rivojlantiriş uçun 260 milliard rublga yaqin sarmoya kiritiş kerak böladi.