Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdan yölga çiqqan ikkita avtobus 24 soat deganda Samarqandga yetib kelgani va gaz yöqligi sabab şu yerda qolib ketgani aytilgan video tarqaldi.
Videoda fuqarolardan biri yölovçilar orasida Rossiyaga ketiş uçun çipta olib qöygan odamlar ham borligini, avtobus töxtab qolgaç ular 500 ming sömdan taksi gaplaşib, yölga çiqib ketgani haqida gapirgan. Transport vazirligi öz munosabatida holatni tasdiqladi.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 17 yanvar kuni soat 15:00 da Urganç avtovokzalidan Comfort Auto Hamkor MÇJ tomonidan «Tender kontrakti»da körsatilmagan Yutong hamda «Tender kontrakti»da körsatilgan yana bir avtobus Urganç—Toşkent yönalişi böyiça 102 ta yölovçi bilan yölga çiqqan.
18 yanvar kuni har ikki avtobus Navoiy viloyatiga yetib kelganida ularda gaz yoqilğisi tugagan. Uşbu viloyatda «metan zapravka» işlamayotgani tufayli qatnovlarni oxiriga yetkazişning imkoni bölmagan.
Vujudga kelgan muammoni zudlik bilan bartaraf etiş yuzasidan Navoiy va Samarqand viloyati transport boşqarmalari bilan hamkorlikda yölovçilar «SAMO» mehmonxonasiga vaqtinçalik joylaştirilgan.
«18 yanvar soat 10:27 larda dizel yonilğisida harakatlanuvçi avtobuslarni jalb qilgan holda Toşkent şahri yönalişi böyiça harakat yölga qöyilib, yölovçilar oxirgi manzilga yetkazilgan. Yölovçilar tomonidan körilgan zararni taşuvçi korxona tomonidan qoplaş böyiça çoralar körilgan. Holatlar qayta takrorlanmasligi böyiça Urganç avtovokzali mas’ullari qat’iy ogohlantirildi», deyiladi Transport vazirligi munosabatida.
Ma’lumot uçun, 2023 yil 12 yanvar kunidan boşlab tabiiy gazni birinçi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalar hamda ijtimoiy obektlarga yetkazib beriş maqsadida «metan zapravka»lar faoliyati vaqtinça töxtatilgandi.
2023 yil 19 yanvar kuni «Öztransgaz» bayonot berib, qaçonki ob-havo harorati kötarilib, qulay şaroit paydo bölgaç, respublikadagi barça AGTKŞlar odatdagi iş tartibida işlay boşlaşini ma’lum
















