Singapur Rossiyadan neft sotib oliş hajmini oşirdi. Uni boşqa navlar bilan aralaştirib, qayta eksport qilmoqda. Neft yetkazib beruvçilar buning ortidan yaxşi daromad olyapti, deb yozdi Bloomberg.
Singapurda neft saqlaş rezervuarlariga talab oşgan. Bu arzon rus xomaşyosini boşqa navlar bilan aralaştirib, reeksport qilinayotganidan dalolat beradi. Bloomberg naşriga köra, bu jarayon neftning qaysi mamlakatdan kelib çiqqanini yaşirişga yordam beradi.
Singapur Rossiya nefti yoki neft mahsulotlari importiga embargo qöymagan. Biroq mamlakat moliya idoralariga Rossiya tovarlari va kompaniyalarini moliyalaştiriş yoki ular bilan savdo qiliş taqiqlangan.
Kemalar harakatini kuzatuvçi Vortexa kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 2022 yil dekabr oyida Singapurning neft terminallari Rossiya neft mahsulotlarini ötgan yilga nisbatan 2 barobar köp hajmda qabul qilgan. Oy davomida Singapur 2,6 million barrel neft olgan, bu bir yil avval olingan hajmdan deyarli 40 baravar köp. Neft saqlaş rezervuarlarini ijaraga olişga bölgan talab yiliga 17-20 foizga ösgan.
Taxminga köra, Rossiya nefti Şimoliy-Şarqiy Osiyo bozorlariga qayta eksport qilinyapti. Singapurning Miyabi Industries konsalting firmasi vitse-prezidenti Uilyam Tang sözlariga köra, treyderlar va yetkazib beruvçilar neftni aralaştirib sotişdan «juda yaxşi» foyda olmoqda.
«Aralaştirilgan yoqilğining bir qismi Singapurdagi omborlarni töldiriş uçun ketişi yoki Indoneziya va Vetnam kabi qöşni mamlakatlarga sotilişi mumkin», dedi u.
2022 yil dekabr oyi boşida G7 davlatlari (AQŞ, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada), şuningdek, Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Norvegiya va Şveytsariya dengiz orqali taşiladigan Rossiya nefti narxining 1 barreli uçun 60 dollarlik yuqori çegarani joriy qildi. 5 fevraldan Rossiyada işlab çiqarilgan neft mahsulotlariga ham narx çegarasini joriy etiş rejalaştirilgan, biroq uning miqdori hali kelişib olinmagan.

















