AQŞ hukumati ikki tadbirkorni sanksiyalar röyxatiga kiritilgan rossiyalik oligarx Viktor Vekselbergga tegişli Tango yaxtasini sanksiyalardan olib çiqişga urinişda aybladi. Rossiya va Şveytsariyaning ikki fuqaroligiga ega 51 yoşli Vladislav Osipov hamda 52 yoşli britaniyalik Riçard Masters AQŞni aldaş, sanksiyalar rejimini buziş va pul yuvişda ayblanmoqda. Bu haqda Amerika Adliya vazirligi 20 yanvar, juma kuni xabar berdi.
Ayblov xulosasiga köra, 2018 yilda Oq uy tomonidan Vekselbergga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga qaramay, Osipov va Masters Amerika kompaniyalari va AQŞ moliya tizimidan foydalanib, Vekselberg yaxtasiga egalik huquqini yaşirişga va uning işlaşini ta’minlaşga harakat qilişgan. Aytilişiça, xususan, Masters yaxta uçun soxta nom – Fanta'ni işlatiş sxemasini işlab çiqqan. «Uşbu niqob natijasida Amerika moliya institutlari Tango foydasiga yuz minglab dollarlik operatsiyalarni amalga oşirdi, agar ular Vekselbergning moliyaviy operatsiyalarga aloqadorligi haqida bilganida, bunga yöl qöymagan bölardi», — deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.
Masters öşa kuni Ispaniyada Qöşma Ştatlar talabiga binoan qölga olindi, u ekstraditsiya qilinişi kutilmoqda. Osipovni hibsga oliş uçun order berilgan.
Milliarder Viktor Vekselberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin şaxs sanaladi. Tadbirkor metallurgiya, toğ-kon sanoati, texnologiya va boşqa aktivlarni öz içiga olgan Moskvadagi Renova Group konglomeratiga rahbarlik qiladi. U 2018 yilning aprelida Rossiyaning AQŞ saylovlariga aralaşuviga aloqadorlikda gumon qilinib, AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilgan edi. Uning mamlakatdagi barça aktivlari muzlatilgan, Amerika kompaniyalariga u bilan bitimlar tuziş taqiqlangan.
Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi fonida AQŞ va uning xalqaro hamkorlari Kreml tarafdorlariga nisbatan jazo çoralarini kuçaytirdi. 2022 yil aprel oyida Ispaniya hukumati AQŞ talabiga binoan Vekselbergning 78 metrlik, 90 million dollarga baholangan Tango yaxtasini Mayorkada xatlovga oldi.

















