NATO davlatlari harbiy texnika, jumladan, raketa, tank va uçuvçisiz samolyot işlab çiqarişga köproq e’tibor qaratişi kerak, dedi Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi yordamçisi Angus Lepsli. Uning sözlarini BNS agentligiga tayangan holda TASS keltirdi.

«Biz mudofaa maqsadlarimizga imkon qadar tezroq erişişimiz kerak, buning uçun ham NATO, ham Yevropa Ittifoqi harbiy texnika sanoati – raketa, tank, uçuvçisiz uçiş apparati, şuningdek, uni moliyalaştiriş imkoniyatlariga köproq e’tibor qaratişi kerak», dedi Lepsli.

Uning sözlariga köra, NATO a’zolari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boşlanganidan keyin qurol-yaroğ zaxiralarini töldiriş va işlab çiqariş imkoniyatlarini yaxşilaş zarurligiga işonç hosil qilgan.

«Bu uruş harbiy işlab çiqarişni rejalaştirişda örganiş kerak bölgan saboqdir», - deb ta’kidladi Lepsli.

Uning sözlariga köra, NATO boş kotibi qurollanişni oşiriş masalasini muhokama qiliş uçun taşkilotga a’zo mamlakatlar qurolli kuçlari va sanoati vakillarini yiğilişga çaqirgan. Lepslining aytişiça, alyans yadro quroliga ega bölgan duşmanga qarşi kuraşişga tayyor köproq harbiy qismlarga ega bölişi kerak.

20 yanvar kuni NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Germaniyaning Ramştayn aviabazasida bölib ötgan Ğarb davlatlarining uçraşuvi yakunlari böyiça alyans mamlakatlari öz zaxiralarini tezda töldiriş uçun qurol-yaroğ va öq-dori işlab çiqarişni köpaytirişi zarurligini aytdi. Uning qayd etişiça, qurol-yaroğ zaxiralarini köpaytiriş fevral oyida NATO mudofaa vazirlari yiğilişidagi asosiy mavzu böladi.