Ukrainada uruşning 332-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Dunyoning turli şaharlarida Aleksey Navalniy va boşqa rossiyalik siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş aksiyalari ötkazildi. Namoyişlarda uruşga qarşi şiorlar ham yangradi.
- RF mudofaa vazirligi Moskva oblasti hududida «şartli raqibning havo hujumlaridan mudofaalaniş böyiça maşğulotlar» ötkazilgani haqida xabar berdi.
- Kiyevda Ukraina sobiq içki işlar vaziri Denis Monastirskiy va IIVning Brovarida vertolyot qulaşi oqibatida u bilan birga halok bölgan boşqa rahbarlari bilan xayrlaşuv marosimi ötkazildi. Ukraina prezidenti ham rafiqasi bilan marosimga taşrif buyurdi.
- Ukraina mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilar uçun mahsulotlarni Kiyevdagi bozor narxidan 2-3 barobar qimmatga xarid qilişda gumonlanmoqda. Vazirlik bu haqda yozgan naşr adaşayotganini ma’lum qildi. Davlat auditorlik xizmati tuzilgan harbiy şartnomalarni tekşirmoqda.
Moskvada uruşga qarşi piket
Aleksey Navalniy hibsga olinganidan buyon ikki yil ötdi — rossiyalik siyosatçi tarafdorlari «butun dunyodagi odamlarning sa’y-harakatlari»ni birlaştiriş va uning koloniyadan ozod etilişiga erişiş uçun #FreeNavalny kampaniyasini boşlaşgan. 20 va 21 yanvar kunlari turli mamlakatlarda Navalniy va rossiyalik boşqa siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadidagi, şuningdek Ukrainadagi uruşga qarşi namoyişlar bölib ötdi.

Reuters / Scanpix / LETA



































