“Şunça kuraşdim, yöqotib qöyişni xohlamayman”

Nafisa opa sovuqlarni sezmaydigan darajada, çunki uning içida ulkan dard yaşayapti. Xasta farzandi bilan sarson ona içidagi gulxanning bir zarrasi haqida gapiradi:

“Içim yonadi, töğrisi. Birinçi öylagan narsam şu bolam bilan hamma qiyinçiliklarni yengib ötdim. Öttizga kirib topganim bu mening. Boşimdan nimalar ötgan bölsa ham yonimda şu bolam borligi uçun çidaganman.

Şunça kuraşib, endi yöqotamanmi?! Ukasini tuqqanimda 38 yoşda edim. Hayotimda köp qiyinçiliklarni körganman. Lekin heç biri farzanding azoblanayotganini körib yordam berolmaydigan daraja oğriqli emas ekan”.

Şohjahon Madrimovga oid ma’lumotlar:

Humo: 9860 0401 1967 3180 onasi Nafisa Maşaripova nomida

Manzil: Xorazm viloyati Urganç şahri Navoiy köçasi 25-uy. 

“Qaytalanib qolsa yomon ekan”

Muazzamga 2019 yil aprel oyida oqqon taşxisi qöyiladi. Şundan söng ota-onasi qizini davolatiş uçun uyini sotib Toşkentga kelişadi. Darddan xalos bölgan Muazzam tengdoşlari bilan öqib yurgan kunlarning birida, 2022 yilning sentabrida yana qaytalanib qoldi.

“Yaxşi yurgan edim. Analiz topşirib turardim. Yana bir marta şunday kasal çiqqanidan keyin qaytadan davolanişni boşladim. Döstlarim uzoqda, öqişim qolib ketyapti”, deydi Muazzam közlaridagi yoşni yaşirişga urinib.

Muazzamxon Ne’matjonovaga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 0329 2302 9615 otasi Jörabek Ahmadaliyev nomida

Humo: 9860 6004 0569 9791 onasi Yulduz Vohidova nomida

Manzil: Namangan viloyati Norin tumani “Yangi tong” MFY Özbekiston köçasi 23-uy.

“Farzandim nogiron bölib qoladi deb qörqqandim”

Bolam oyoğini bosolmay qolgandi. Nogiron bölib qoladimi deb rosa qörqqandim. Doktorlarga rahmat, şunçalik oyoqqa turğazib berişdi.