Rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) boşqaruvi byurosi a’zoligidan çiqarib yuborişni sörab, ariza yozdi.

Usmonov «pensiyaga çiqqani va faol mehnat faoliyatini yakunlagani munosabati bilan» egallab turgan lavozimidan ozod etişni söragan. Şu haqdagi arizani BRIEF kanali keltirdi.

Manba Usmonovning arizasiga izoh berar ekan, uning kelgusida «Özbekiston bilan şuğullanmoqçi» ekani haqida yozdi.

Rossiyalik diplomat va siyosatçi Sergey Markov sözlariga köra, «Usmonov Rossiyada qoladi, ammo sanksiyalardan Özbekiston orqali çiqib ketadi».

RBK xabariga köra, Usmonovning arizasi körib çiqiladigan hay’at byurosining yiğilişi 25 yanvarga belgilangan.

Alişer Usmonov nafaqaga çiqiş rejalari haqida avvalroq ham ma’lum qilgandi. 2012 yilda u 6 oy içida barça aktivlarini yagona holdingga birlaştirib, biznesni bevosita boşqarişdan voz keçişini aytdi. Forbes jurnaliga bergan intervyusida u 63 yoşga borib, albatta nafaqaga çiqişini va xayriya bilan şuğullanişini ma’lum qildi. Hozir Usmonov 69 yoşda.

Alişer Usmonov USM guruhining asosçisi va yirik aksioneri hisoblanadi. Bu holding tarkibiga «Metalloinvest», «Udokanskaya med» va «Megafon» kompaniyalari kiradi. U Forbes talqini böyiça rossiyalik eng boy milliarderlar röyxatida yettinçi örinda turadi. Jurnal uning boyligini 11,5 milliard dollarga baholagan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Alişer Usmonov boşqa köplab rossiyalik tadbirkor va siyosatçilar singari AQŞ, Yevropa Ittifoqi va boşqa Ğarb davlatlarining sanksiyalariga duçor bölgan.