27 yanvardan elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi — ASKUE qayta işga tuşiriladi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati xabar berişiça, qarzdorligi mavjud iste’molçilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ joriy yilning 27 yanvar kunidan boşlab elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE) qayta işga tuşirilişini ma’lum qiladi.

Mazkur tizimning qayta işga tuşirilişi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar bölişining oldini oliş maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uçun mamlakatimizda mavjud tölov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan çiqmasdan turib tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib ötamiz», deyiladi xabarda.

Qarzdorligi mavjud iste’molçilar avtomatik tarzda tarmoqdan uzilişi ma’lum qilingan.

Respublika böylab kuzatilgan anomal sovuq ob-havo sabab elektr energiyasi va gaz böyiça qarzdorlik uçun uzilişlar töxtatilgan edi.