Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel blok yetakçilarini Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 300 milliard dollarlik (275 milliard yevro) aktivlarini Ukrainani qayta tiklaş uçun işlatiş böyiça muzokaralarni davom ettirişga çaqirdi. Bu haqda Financial Times (FT) 23 yanvar, duşanba kuni xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga köra, Mişel daromad oliş uçun aktivlardan foydalaniş ğoyasini örganişni taklif qilmoqda, keyinçalik ular Kiyevga yuborilişi mumkin. Siyosatçining fikriça, bu «adolat va halollik masalasi», uni «huquqiy tamoyillar asosida» hal qiliş kerak.

Şarl Mişel Yevropa Ittifoqi rahbarlaridan bu boradagi munozaraga «biroz turtki berişini» kutmoqda. Uning qöşimça qilişiça, aktivlarni töliq tasarruf etiş yölidagi qonuniy tösiqlarga qaramay, «bu masalada muvaffaqiyatga erişiş va belgilangan maqsadlarga erişişdan kuçli siyosiy manfaatdorlik» mavjud.

2022 yil sentabrida Ukrainadagi rekonstruksiya işlari qiymati Kiyev, Bryussel va Jahon banki tomonidan 350 milliard yevroga baholangan. Rossiyaning raketa va dron hujumlari muhim fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazişda davom etayotganligi sababli, talab qilinadigan mablağ miqdori oşdi, deb yozadi FT.

«Ukrainada har kuni köproq infratuzilma obektlari vayron qilinmoqda. Biz Ukrainani tiklaydigan birinçilardan bölamiz va qayta tiklaş xarajatlari kundan-kunga oşib bormoqda», dedi Yevropaning atrof-muhit va okeanlar böyiça komissari Virginiyus Sinkyaviçyus Davosda 18 yanvar kuni bölib ötgan Jahon iqtisodiy forumida.

«Masalan, muzlatilgan aktivlardan foydalana olmaymiz, degan taxminlar meni qörqitmoqda, çunki Rossiya töliq javobgarlikni öz zimmasiga olişi kerak, deb öylayman», - deya qöşimça qildi Sinkyaviçyus. «Ukrainaning tiklanişini moliyalaştirişi kerak bölgan davlat bu - Rossiya», - deydi Yevropa Ittifoqi komissari.

2022 yil oxirida Yevropa komissiyasi muzlatilgan aktivlarni Ukrainaning tiklanişiga yordam beriş uçun foyda oliş maqsadida boşqarilişi mumkin bölgan fondga ötkaziş ğoyasini ilgari surgandi.

YeI Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi uruşi munosabati bilan Rossiya bankining 300 milliard yevro zaxirasini blokladi, deb xabar berdi 2022 yil noyabrida Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen.

Şarl Mişel 19 yanvar kuni Kiyevga taşrif buyurdi. Oliy radada sözlagan nutqida u «Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi masalasi hal etilganini» ma’lum qildi. «Ukraina - Yevropa Ittifoqi, Yevropa Ittifoqi esa - Ukraina. Biz bu va’dani imkon qadar tezroq amalga oşiriş uçun barça sa’y-harakatlarni körişimiz kerak», - dedi u. Mişelning qayd etişiça, Rossiya Ukrainaga fuqarolari «erkin ukrainaliklar sifatida öz huquqlaridan foydalangani, demokratiyani tanlagani va Yevropani tanlagani» tufayli hujum qilişga qaror qilgan. «Şu tariqa, Ukrainaga raketalarni uçiriş orqali Rossiya Yevropa Ittifoqi işonadigan hamma narsaga raketalarni urdi, bu bizning Ittifoqning poydevoriga – Ikkinçi jahon uruşi fojiasidan biz tuzgan ittifoqqa hujum», dedi u. Mişel Ukrainaga qilingan hujumni: «bizning umumiy Yevropa qadriyatlarimizga, Yevropa xavfsizligimizga, umumiy Yevropa orzumizga hujum», deb atadi.