Ta’kidlanişiça, sönggi tört oy içida dunyoda dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) bilan zararlangan, retsepsiz sotiladigan yötalga qarşi siroplardan foydalaniş oqibatida ölim holatlari aniqlangan. Bu holatlar kamida yettita davlatda sodir bölgan, ularning uçtasida 300 dan ortiq ölim holatlari qayd etilgan. Ularning aksariyati beş yoşgaça bölgan bolalardir.
Bu moddalar sanoatda erituvçi va antifriz sifatida işlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar bölib, ular oz miqdorda bölsa ham ölimga olib kelişi mumkin va heç qaçon dori vositalarida işlatilmasligi kerak, deyiladi JSST xabarida.
Ölim holatlaridan kelib çiqib, JSST uçta global ogohlantirişni e’lon qilgan. Birinçisi 2022 yil 5 oktyabrda Gambiya davlatida yuz bergan ölim holatlari bilan boğliq. Ikkinçisi 2022 yil 6 noyabrda Indoneziya bilan boğliq. Uçinçisi 2023 yil 11 yanvarda Özbekiston bilan boğliq.
JSST ogohlantiriş xatini dunyoning 194 ta davlatiga yuborgan. Taşkilot: (a) zaharli dori vositalarini aniqlaş va sotuvdan olib taşlaş, (b) ta’minot zanjirlarida nazoratni kuçaytiriş, (s) sifatsiz dorilar aniqlanganda zudlik bilan aholiga va JSSTga xabar berişni talab qilmoqda.
Ölim holatlari ommaviy bölgani sababli, JSST dori ta’minoti zanjirida iştirok etuvçilarni zudlik bilan zarur çoralarni köriş va hamkorlikda işlaşga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, 2022 yil oxirida Hindistonning «Marion Biotech» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan yötalga qarşi «Dok-1 Maks» siropidan foydalaniş oqibatida Özbekistonda kamida 20 nafar bola vafot etgan edi.

















