Tez yordamçilar kaltaklandi, şifoxonalar buzildi, sirop içgan bolalar öldi – 2022 yil tibbiyot sohasida nimalar böldi?
|16:19 / 30.12.202220 5896 min
Yakunlanayotgan 2022 yil tibbiyot sohasi vakillari uçun sinovlarga boy böldi. Yil boşida kötarilgan koronavirus tölqini, tez tibbiy yordam xodimlarining kaltaklanişi, şifoxonalarning buzilişi va «Dok-1 Maks» dori vositasidan bolalarning halok bölayotgani şular jumlasidan.
Kun.uz tibbiyot sohasida sodir bölgan muhim voqealarni eslaydi.
Koronavirusning yangi tölqini
2022 yil boşidan Özbekistonda pandemiya davridagi rekord körsatkiç qayd etildi. Tez yordamga ön kunda qariyb 350 mingta çaqiriq kelib tuşdi. Oqibatda, Toşkentda tez yordam xizmatiga tuşgan çaqiriqlar saralanib ahvoli yengil bemorlarga poliklinikalar xizmat körsatdi.
Koronavirusga çalinganlar soni ikki kun ketma-ket antirekord natijani qayd etganidan söng, hatto beş yoşga tölgan bolalarni emlaşga ham ruxsat berildi. Boisi kasallikka çalinganlar içida emlanmaganlar uluşi köpçilikni taşkil etdi.
Yanvar oxiriga borib kasallik çekina boşladi. Hatto kovid karantini ikki haftadan 7 kunga qisqartirildi. Yanvar oyiga nisbatan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaşga möljallangan maxsus 1 va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxonalariga bemorlar gospitalizatsiyasi 7 baravarga kamaygani munosabati bilan 1-martdan odamlarga oçiq havoda niqob taqmay yurişga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
Şifokorlarning haqi berilmadi, kamiga kaltaklandi
Koronavirus pandemiyasi davrida prezident qaroriga köra koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş doirasida bemorlar bilan işlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirib oğir ahvolga tuşgan va soğliği tiklanmagan taqdirda tibbiyot xodimiga yoki uning oila a’zolariga 250 mln sömlik bir martalik tölov tölanişi belgilangan. Ammo bu tölov barça şifokorlarga ham tölab berilmadi.
Toşkentda tez yordam uçun borgan şifokor bemorning öğli tomonidan kaltaklandi. Oqibatda feldşer J.I. kökrak qafasiga zarba olgan va ahvoli yomonlaşgan. Şunga qaramay, tibbiy brigada öz xizmat burçiga mas’uliyat bilan yondaşib, çaqiriqni yakunlagan, ya’ni bemorni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining qabul bölimiga olib borgan.
Şundan söng «103» feldşeri J.I. mazkur şifoxonaning xirurgiya bölimi şok zaliga kökrak qafasining yopiq jarohati taşxisi bilan yotqizilgan.
Köp ötmay Toşkentda tez yordam xodimlari yana kaltaklandi. Bu safar tez tibbiy yordam maşinasi haydovçisiga şikast yetkazildi. Tekşiruvlar natijasida u boş miya yopiq şikastlanişi, boş miya çayqalişi, çap tizza sohasi yumşoq töqimalarining lat yeyişi taşxisi bilan neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan.
Tez yordam xodimlarini zöravonlikdan himoyalaş uçun bodikameralardan foydalaniş haqida taklif berildi. SSV rasmiysi bu taklifning bahsli tomonlari borligini aytdi. Ma’lum qilinişiça, tibbiyot xodimlariga tajovuz qilganlik uçun 15 sutkalik qamoq va jarima jazolari kuçaytirilişi mumkin – tegişli qonun parlamentda körilyapti.
Şifoxona örniga avtoturargoh
Toşkent şahri Olmazor tumanidagi Şifokorlar köçasida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlaşgan kompleksi barpo etilmoqda. Uning tarkibiga Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, markazning poytaxt filiali, markazning Toşkent viloyati filiali kiradi.
Şu munosabat bilan Respublika onkologiya markazi hamda uning Toşkent şahri va Toşkent viloyati filiallari hukumatning yaşirin qaroriga asosan bino-inşootlari bilan sotuvga qöyilgani köplab muhokamalarga, jamoatçilik va onkologlar e’tiroziga sabab böldi. Natijada ikkita onkologiya binosi sotilmaydigan böldi.
Bu hammasi emas. Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev 2022 yil 20 sentabrda imzolagan 255-son buyruq bilan Toşkent şahridagi Toşkent stomatologiya institutiga qaraşli bir qavatli bolalar jağ xirurgiyasi bölimi binosi buzib taşlangan.
Binoni buzişdan maqsad Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uçun avtoturargoh quriş bölgan. Bino 2022 yil sentabr oyida buzib yuborilgan. Bino buzilgunga qadar bölimda faoliyat yuritib kelgan şifokorlar va boşqa xodimlar Stomatologiya instituti sport zalining birinçi qavatiga köçib ötib, işlab yurişdi.
Zaharga aylangan “ziddizahar”
Yil yakunlanişiga bir hafta qolganda ijtimoiy tarmoqlarda «Dok-1 Maks» preparati bolalar ölimiga sabab bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi oxirgi 2 oy içida 15 nafar bola «Dok-1 Maks» preparati sababli vafot etgan bölişi mumkinligini ma’lum qildi.
Markazning şu mazmunda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga 15 dekabr kuni çiqargan xati ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab böldi.
Soğliqni saqlaş vazirligi holat yuzasidan ötkazgan tekşiruv natijalariga köra, tekşiruv jarayonida mamlakatda ötkir respirator kasalliklarga çalingan 21 nafar bolaning 18 nafarida «Dok-1 Maks» siropini içiş oqibatida ölim holati aniqlangan.
«Dok-1 Maks» siropi oqibatlarini örganiş natijalariga köra 7 nafar mas’ul işdan olingani haqida xabar berildi. Biroq ularning kimligi ma’lum qilinmadi. Kun.uz manbasiga köra, öşa yetti nafar mas’uldan biri aynan mana şu «ölim dorisi» haqida yuqoriga xabar qilgan markaz direktori Azizov bölişi mumkin.
Hindistonning «Marion Biotech» kompaniyasi Özbekistonda kamida 19 nafar bolaning ölimiga sabab bölgan «Dok-1 Maks» siropini çiqarişni töxtatdi. Hindiston hukumati bu borada suriştiruv boşlagan va tez orada hisobot beriladi.
Özbekiston milliy axborot agentligiga köra, suriştiruv olib boruvçi tomon Özbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot söragan.