«Siz baribir Ukrainaga kerakli qurollar bilan yordam berasiz va anglab turibsiz: uruşni yakunlaşning Rossiyaning mağlubiyatga uçraşidan boşqa varianti yöq», deya yozgan Mixaylo Podolyak tvitterida.
Gap Ukraina qurolli kuçlariga nemislar tomonidan işlab çiqarilgan va Yevropaning köplab davlatlari armiyasida mavjud bölgan Leopard 2 tanklari haqida bormoqda. Ukraina samarali qarşi hujum uyuştirişi uçun bunday tanklarni imkon qadar tezroq yetkazib beriş zarurati haqida prezident Zelenskiy ham, Rossiyaning boşqa qöşnilari ham aytib kelişmoqda.
Polşa va Finlandiya öz Leopard-2 tanklarini Ukrainaga berişga tayyorligini bildirgan, Niderlandiya taşqi işlar vaziri esa mamlakat texnikalar transportirovkasi (taşiş) xarajatlarini qoplaşga tayyorligini ma’lum qilgan.
Finlandiya taşqi işlar vaziri Pekka Xaavisto BBC bilan suhbatda uning mamlakatida bir neça yuz dona Leopard tanklari borligi va bu mamlakat Ukrainaga tank yetkazib beriş «ekotizimi»ning bir qismi bölişga tayyorligini aytgan.
«Bizda doim şunday maqsad bölgan - Ukraina tanklar ham olişi kerak. Şu bilan birga, biz bilamizki, Leoprad kabi tanklar uçun işlovçi ekotizim yaratişga, barçasi uyğunlaştirilib, şaxsiy tarkib öqitilguniga qadar va boşqa hokazolar uçun oylar va hatto yil ketişi mumkin», degan u.
«Şunday ekan, bugungi kunda Ukrainaga tezda qöllaş mumkin bölgan boşqa qurollarni yetkazib beriş juda muhim», degan vazir.
Şunga öxşaş bayonotlar Estoniya, Latviya va Litva taşqi işlar vazirlari tomonidan ham berilgan. «Öz qudrati böyiça Yevropadagi yetakçi davlat bölgan Germaniyaga alohida mas’uliyat yuklanadi», deyiladi uç davlat TIV rahbarlarining qöşma bayonotida.
«Leopard tanklarini yetkazib beriş Rossiyaning tajovuzini töxtatiş, Ukrainaga yordam beriş va Yevropada tinçlikni tezroq tiklaş uçun zarurdir», deya yozgan Latviya TIV rahbari Edgar Rinkeviç.
Ammo Berlinga qilinayotgan bosimlarga qaramay, Ukraina hozirça Leopard tanklariga ega böla olmaydi. Ukrainaning tank yetkazib beriş haqida rasman e’lon qilgan yagona ittifoqçisi Buyuk Britaniya bölib qolmoqda - inglizlar özlaridagi Challenger 2 tanklarini yuborişadi.
Juma kuni Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov tvitterdagi sahifasida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bilan keçgan «oçiq muloqot» haqida yozdi.




















