Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat aholisiga murojaat qilib, hukumat elektr energiyasi narxini oşirişga majbur bölayotganini ma’lum qildi.
Unga köra, 2023 yil may oyidan boşlab mamlakatda aholi uçun elektr energiyasi narxi 30 foizga oşib, 1 kVt/soat uçun 0,77 somdan 1 somga (taqriban 100 sömdan 130 sömga) yetadi.
“Sovet paytida bizda ortiği bilan elektroenergiya işlab çiqarilar va biz uni qöşni davlatlarga eksport qilardik. Mustaqillik yillarida, afsuski, birorta ham gidroelektrstansiya qurilmadi.
Aholimiz soni bir yarim barobarga oşdi. Qurilişlar miqdori bir neça barobarga köpaydi. Agar 1991 yilda elektr energiyasi iste’moli 9 mlrd bölgan bölsa, bugungi kunda bu 16 milliardni taşkil etmoqda.
Yuqori quvvatdagi transformatorlar va yuqori kuçlanişli liniyalar ham yangilanmadi. Elektr uskunalarining eskirganlik darajasi 80 foizdan yuqori. Bu inşootlar ittifoq paytida qurilgan va haligaça işlayapti.
Şu bilan birga, energetika sohasining qarzi 137 mlrd somni taşkil etmoqda. Qöpol qilib aytganda, mahalliy energetika çalajon ahvolda”, – deya yozdi Japarov Facebook'dagi sahifasida e’lon qilgan murojaatida.
Qirğiziston prezidentiga köra, oxirgi 15 yildan buyon mamlakat qişki vaqtda qöşnilaridan 3 mlrd kVt/soat elektr energiyasini 3 somdan import qilib, aholiga 0,77 tiyindan sotib kelgan.
Japarov ötgan yili toğ-kon sanoati uçun möljallangan tarif qariyb 5 som, davlat korxonalari uçun esa 3 som 40 tiyin etib belgilangani, lekin aholi uçun tariflar 0,77 tiyin bölib özgarmay qolganini ta’kidlagan.
“Şu tariqa, energetika tarmoğining qarzi köpayişiga yöl qöymaslik çoralari körilyapti. Biz kelajakda uning qarzini töliq tölaymiz. Mamlakatni özimizning elektr energiyamiz bilan töliq ta’minlaş imkoniyatiga ega bölamiz.
Şu maqsadda örta va kiçik hajmlardagi qariyb 50 ta GES qurilyapti, Qambar-ota-1 GESi qurilişiga tayyorgarlik ketyapti (yöllar, köprik, tunnel, elektr uzatiş havo liniyalar va h.k.)”, – deya qayd etgan Sadir Japarov.
U qattiq sovuq sabab mamlakatga energiyaga bölgan talab oşib ketgani, ayni kunlarda röy berayotgan uzilişlar yirik avariyalarning oldini oliş uçun körilayotgan majburiy çora ekani, aks holda butun Markaziy Osiyo birlaşgan energiya tizimida avariya yuzaga kelib, 2022 yil 25 yanvarda bölgani kabi blekaut takrorlanişi mumkinligini bildirgan.

















