"Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar iştirokida oiladagi zöravonlik töğrisidagi qonunning jamoatçilik muhokamasi ötkaziladi. Qisqaça öz fikrimni bildiraman. Oiladagi zöravonlik uçun jinoiy jazo tayinlamaguniça,  uşbu jinoyatga davlatning  munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmaguniça, bir joyda qotib turaveramiz", deb yozadi u. 

Saida Mirziyoyevaning qayd etişiça, "busiz boşqa heç nima yordam berolmaydi, yuzaki çoralar ham, eng ilğor gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalaşga urinişlar ham".

"Oldin ayollar oldidagi mas’uliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovçi Qonun joriy etilişi zarur. Qolgani keyin böladi", deydi u.

Adliya vazirligi yanvar oyi boşida Özbekistonda ayollar va bolalarni himoya qiliş tizimini kuçaytiriş töğrisidagi qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöygan edi.

Hujjatda qator moddalar, xususan, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyatlar bilan boğliq moddalar böyiça jazo qat’iylaştiriladi. 

Biroq hujjatda oiladagi zöravonlik muammosi yetarli darajada aks ettirilmagan. Xalqaro tavsiyalarga köra, qonunçilikda oilaviy zöravonlik uçun alohida moddalar bölişi kerak.