Samarqand viloyati Past Darğom tumanida raqqosa qiz özi bilan yaqin munosabatda bölgan fuqarodan tovlamaçilik bilan 20 ming dollar talab qilib, 10 ming dollar olayotganda uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Past Darğom tumanida yaşovçi 30 yoşli erkak 23 yoşli raqqosa qiz bilan tanişib qolgan va ular yaqin munosabatda bölişgan.
Biroz ötib, özaro munosabat buzilgaç qiz erkakdan tovlamaçilik yöli bilan 250 mln söm olgan va yana 20 ming dollar berişni talab qilgan.
2023 yil 11 yanvar kuni viloyat IIB uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi tomonidan Samarqand şahrida ötkazilgan tadbirda qiz jabrlanuvçidan talab qilingan puldan 10 ming dollarini olayotganida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, hujjatlar Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimiga topşirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















