Ukrainalik jurnalist Yuriy Nikolov mamlakat armiyasi harbiylar uçun oziq-ovqat mahsulotlarini Kiyevdagi dökonlardagiga qaraganda 2-3 baravar qimmatga sotib olayotgani haqida suriştiruv e’lon qildi. «Naşi dengi» (bizning pullar) loyihasi muallifining bu suriştiruvi şov-şuvga sabab böldi.
358 million dollarlik şartnoma
21 yanvar kuni jurnalist «Zerkalo nedeli» saytida Ukraina qurolli kuçlaridagi manbasidan olganini aytgan hujjatlarni e’lon qildi. Unda 2023 yil uçun Ukrainaning Kiyev, Jitomir, Çernihiv, Çerkass, Sumi va Poltava oblastlaridagi harbiy qismlari uçun sotib olingan mahsulotlar va ularning narxi keltirilgan. Unda aytilişiça, 13,16 milliard grivnalik (358 million dollar) şartnoma 23 dekabr kuni imzolangan.
Jurnalist hujjatdagi narxlarni Kiyevdagi «Silpo» dökonidagi narxlar bilan taqqoslagan. Masalan, bu dökonda tuxumning bir donasi 7 grivnaga sotilayotgan bir vaqtda Ukraina qurolli kuçlari tuzgani aytilayotgan hujjatda tuxumning donasi 17 grivnadan (5200 söm) sotib olinişi belgilangan. Yuqoridagi dökonda kilosi 8 grivna turgan kartoşka hujjatda 22 grivna, dökonda kilosi 80 grivnaga baholangan tovuq oyoqçalari şartnomada 120 grivnadan körsatilgan.
«Biz hali tadbirkor öz foydasini qöşgan çakana savdodagi narx bilan soliştirdik. Ulgurji narxlar bundan ham pastroq. Hujjatni körganlar mahsulotlar va xizmatlar degan joyini körib, bu xizmatlar ham qöşilgan narxdir deb öylayotgan bölişi mumkin, lekin unday emas. Şartnomada xizmat körsatiş uçun alohida 30 million grivnalik band ham bor», deyiladi suriştiruvda.
Tarqalgan hujjatni Ukraina mudofaa vazirligi davlat xaridlari departamenti rahbari Bogdan Xmelnitskiy imzolagan. Bu inson avvalroq ham harbiy amunitsiya sotib olişda 580 ming dollarni talon-toroj qilişda gumonlangan.
Rasmiylar nima dedi?
Ukraina parlamentining Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qömitasi vakili Maryana Bezuglayaning aytişiça, bu holat böyiça davlat audit xizmati Mudofaa vazirligini tekşirişni boşlagan. Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov esa Radaga çaqirilgan.
22 yanvar kuni Ukraina mudofaa vazirligi uşbu suriştiruvga aniq inkor etuvçi faktlar keltirmagan holda javob qaytardi va bunday suriştiruvlar «odamlarni çalğitişi»ni iddao qildi. Şuningdek, vazirlik bu borada suriştiruv ötkazişini sörab, Ukraina xavfsizlik xizmatiga murojaat qilinişini ma’lum qilgan.
«Mudofaa vazirligi korrupsiya holatlariga yöl qöymaslik prinsipida sobitdir. Jamoatçilik orasida rezonans keltirib çiqargan holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkazilişini ma’lum qilamiz. Aybdorlar aniqlangan taqdirda ular jazosiz qolmaydi», deyiladi vazirlik bayonotida.


















