Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari kengaşi Ukrainaga Yevropa tinçlik jamğarmasi (European Peace Facility) orqali umumiy qiymati 500 million yevro bölgan yettinçi harbiy yordam tranşini berişga kelişib oldi. Bu haqda 23 yanvar, duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
U, şuningdek, YeI davlatlari tomonidan Ukraina harbiylarini tayyorlaş böyiça Yevropa Ittifoqining maxsus missiyasi uçun yana 45 million yevro ajratiş böyiça kelişuvga erişilganini ma’lum qildi. 15 000 nafar ukrainalik askarni asosiy tayyorgarlikdan ötkaziş uçun möljallangan uşbu missiya 2022 yil oxirida Polşada boşlangan.
Şu tariqa, YeI tomonidan 2021 yilda asos solingan Yevropa tinçlik jamğarmasi orqali Ukrainaga ajratiladigan mablağ 3,6 milliard yevroga yetadi. Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar tomonidan Ukrainaga körsatilgan yordamning umumiy miqdori 50 milliard yevroga yaqinlaşdi va bu Yevropa Ittifoqini Ukrainaga yordam körsatiş böyiça dunyoda yetakçiga aylantirdi, dedi Borrel.
Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi taşqi işlar kengaşi Ukrainadagi harbiy jinoyatlar jazosiz qolişi mumkin emas degan fikrda, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari. Uning sözlariga köra, yiğilişda aybdorlarni javobgarlikka tortiş imkoniyatlari muhokama qilingan. Bu muhokama BMTda, şu jumladan, navbatdagi Boş assambleya kontekstida ham olib borilmoqda, dedi Borrel. Uning sözlariga köra, jinoyatçilarni javobgarlikka tortiş yölidagi birinçi qadam Xalqaro jinoiy sud kömagida Haagada xalqaro prokuratura taşkil etilişi böladi.
Ukrainaga Germaniyaning Leopard 2 tanklarini yetkazib beriş haqida söralganda, u Germaniya uşbu tanklarni Ukrainaga topşirişni istagan boşqa mamlakatlarga tösqinlik qilmasligini aytdi va Ramştayndagi uçraşuvning «ta’sirçan natijalarini» baholaşni söradi.


















