Özbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” bilan imzolangan “Yöl xaritasi” böyiça bayonot berdi.
“Joriy yil 24 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi örtasida gaz sohasida hamkorlik böyiça muzokaralar ötkazildi va unda Rossiyadan Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib berişning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Imzolangan “Yöl xarita”ga muvofiq, tomonlar örtasida tuzilgan işçi guruh Qozoğiston va Özbekiston hududidan ötuvçi “Örta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oşiriş uçun zarur böladigan texnik çora-tadbirlar va örganişga kelişib olindi.
Işçi guruh texnik jihatdan barça işlarni yakunlagandan söng, tabiiy gazni yetkazib beriş böyiça asosiy şartlar muhokama qilinadi.
Şuni alohida ta’kidlaş lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda “Yöl xaritasi”da Özbekiston Respublikasining mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini töliq saqlagan holda (boşqaruv huquqini töliq saqlagan holda) içki bozorga tabiiy gazni zarur miqdorlarda yetkazib beriş maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilişi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yöq.
Kelgusida uşbu yönalişdagi barça işlar Özbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini töliq himoya qilgan holda amalga oşirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravişda jamoatçilikka ma’lum qilib boriladi”, – deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, mazkur “Yöl xaritasi” keça, 24 yanvar kuni imzolandi. Hujjat imzolanganidan keyin ötgan qariyb bir sutka vaqt içida Özbekiston tomoni bu borada birorta ham izoh bermagani jamoatçilikda jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirdi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning gaz transport tizimi “Gazprom”ga işonçli boşqaruvga berib yuborilişi mumkinligi haqida taxminlar paydo böldi.
“Gazprom” bunday hujjatni ötgan hafta Qozoğiston bilan ham tuzgan edi.
Mazkur kelişuvlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya iştirokidagi uçtomonlama

















