Germaniya kansleri Olaf Şols Leopard 2 asosiy jangovar tanklarini Ukrainaga yuborişga, şuningdek, boşqa mamlakatlarga, xususan, Polşaga ham şunga öxşaş harakatlarga ruxsat berişga qaror qildi. Ayni paytda, gap Leopard 2 A6 tanklarining kamida bitta rotasi haqida ketyapti. Boşqa ittifoqçilar, xususan, Skandinaviyadagi davlatlar ham özlarining Leopard tanklarini Kiyevga yetkazib beriş töğrisida qaror qabul qilişadi. Germaniya rasmiylarining Ukrainani nemis jangovar tanklari bilan ta’minlaş töğrisidagi qarori haqida 24 yanvar, seşanba kuni keçqurun Berlindagi manbalarga tayanib, yetakçi OAV xabar berdi. Hozirça bu ma’lumotning rasmiy tasdiği yöq.
Bundestag mudofaa qömitasi raisi Mari-Agnes Ştrak-Tsimmerman Ukrainaga jangovar tanklar yetkazib beriş qarorini olqişlab, buni Rossiya bosqinini qaytarişdagi muhim qadam deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, qaror uzoq vaqt talab qilgan, ammo bu muqarrar edi. «Germaniya hamkor davlatlarga öz tanklarini topşirişga ruxsat berişi va ularni özi ham yetkazib berişi çarçagan va jasur Ukraina xalqi uçun taskin beruvçi yangilik», dedi u.
Öz navbatida, Bundestagdagi muxolifatdagi "XDS/XSS" fraksiyasi rahbari Fridrix Mers ham Germaniya hukumatining qarorini olqişladi, biroq ayni paytda kansler Olaf Şolsni qat’iyatsizlikda aybladi. Uning sözlariga köra, Şols Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan hafta oxirida Parijda Yelisey şartnomasining 60 yilligini nişonlaş marosimida bu qarorni e’lon qilişi kerak edi, lekin u juda uzoq vaqt ikkilandi.


















