Tafsilotlar hozirça işlab çiqilmoqda, deb yozadi axborot agentligi. 

Suhbatdoşlardan biri tanklar Kiyev uçun Ukraina xavfsizligini ta’minlaş böyiça bölajak taşabbus doirasida sotib olinişini ta’kidladi, bu esa qurol va texnikani uzoq muddatli moliyalaştirişni nazarda tutadi. 

AQŞ Mudofaa vazirligi matbuot kotibi bu ma’lumotni tasdiqlaşdan boş tortdi. «Hozir heç narsa e’lon qila olmayman», dedi u jurnalistlarga.

18 yanvar, çorşanba kuni AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Kolin Kal Qöşma Ştatlar hali Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib beriş niyatida emasligini ma’lum qilgandi.

Uşbu qarorga sabab - bu tanklarda «xizmat körsatiş tizimi oson emas» edi. Abrams tanklari qimmat, murakkab tayyorgarlikni talab qiladi va köp yonilği sarflaydi, deya rasmiy sözlaridan iqtibos keltirgan AFP.

AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainaliklarga ular ta’mirlaşi va texnik xizmat körsatişi mumkin bölmagan hamda uzoq muddatda sotib olişga qurbi yetmaydigan qurollarni yetkazib berişni istamayapti, çunki bu - «befoyda», dedi Kal. 

«Gap ramziy jihatdan qimmat narsada emas, balki Ukrainaga jang maydonida haqiqatan nima yordam berişida», - dedi mudofaa vaziri örinbosari. Şu bilan birga, Kal Qöşma Ştatlar kelajakda Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib berişi mumkinligini butunlay inkor etmadi.