«Özbekneftgaz» joriy yilda Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olişni rejalaştirmoqda.

Toşkentda «Özbekneftgaz» AJ rahbariyati va Petronas Çarigali delegatsiyasi örtasida bölib ötgan uçraşuvda şu masala muhokama qilindi. Tomonlar yetkazib beriş dasturini tayyorlaşga kelişib oldi.

Petronas Çarigali Kaspiy dengizining Turkmaniston şelfida neft va gaz qazib oliş operatorlaridan biri hisoblanadi. U Malayziyaning Petronas neft va gaz kompaniyasining şu’ba korxonasi hisoblanadi.

Avvalroq, Özbekiston va Turkmaniston birinçi marta uçinçi tomonning iştirokisiz, faqat ikki tomonlama muzokaralar orqali qisqa muddatli gaz ta’minoti böyiça kelişuvga erişgandi.