Ukraina Qurolli kuçlari Şarqiy yönalişi qömondonligi vakili Sergey Çerevatiy Ukraina qöşinlari Donetsk viloyatining Baxmut tumanidagi Soledar şahridan olib çiqilganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Soledar qölga olinganini 13 yanvar kuni, «Vagner» XHK esa bundan ham oldinroq e’lon qilgan edi.
«Bir neça oylik şiddatli janglardan söng, jumladan, sönggi haftalardagi, Ukraina qurolli kuçlari Soledarni tark etdi va şahar çekkasidagi oldindan tayyorlangan pozitsiyalarga çekindi», dedi Sergey Çerevatiy AFP agentligiga.
Çerevatiy sözlariga köra, Soledardagi front çiziği qayta şakllangan: ukrainalik harbiylarni qamal qiliş yoki asirga oliş holati bölmagan.
10 yanvar kuni Rossiyaning «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin Soledar qölga olinganini e’lon qilib, hujum faqat uning jangçilari tomonidan amalga oşirilganini ta’kidladi. Biroq 11 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vazirligi şaharning şimoliy va janubiy qismlari blokadaga olingani haqida xabar berdi. 13 yanvar kuni vazirlik şahar rus harbiylari tomonidan bosib olinganini e’lon qildi.
Öşa paytda Ukraina prezidenti ofisi heç bir tomon şaharni nazorat qilmayotganini ta’kidladi. AFP xabariga köra, Qöşma Ştatlar Ukraina tomoniga diqqatni janubdagi qarşi hujumga qaratişni maslahat bergan.


















