Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi 24 yanvar, seşanba kuni Ukraina şarqida 6 yanvar kuni bedarak yöqolgan ikki britaniyalik köngilli - 28 yoşli Kris Perri va 48 yoşli Endryu Begşou halok bölganini tasdiqladi. Ularni oxirgi marta Soledar hududida şahar uçun şiddatli janglar paytida körişgan.
Qurbonlar yaqinlarining sözlariga köra, erkaklar Soledar şahridan keksa ayolni evakuatsiya qilmoqçi bölganida halok bölgan: ularning maşinasiga artilleriya snaryadlari kelib tuşgan.
Avvalroq, 11 yanvar kuni "Vagner" XHK rahbari Yevgeniy Prigojin köngillilardan birining jasadi topilgani haqida ma’lum qilgandi. U özining Telegram-kanalida ikkala britaniyalikka tegişli hujjatlar suratlarini e’lon qildi, biroq ikki erkakdan qaysi biri haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Kris Perrining qarindoşlari öz bayonotida u dasturçi bölib işlagani, toqqa çiqişni, velosportni, yugurişni va paraşyutdan sakraşni yaxşi körganini va dunyo böylab sayohat qilişni xohlaganini aytişgan. Mart oyida, «Rossiya bosqini boşlanganidan beri eng qoronği vaqtda» u «eng muhtoj bölganlarga» yordam beriş uçun Ukrainaga safar qildi va «400 dan ortiq inson hayotini va köplab hayvonlarni» saqlab qoldi.
Vafot etgan yana bir köngilli Endryu Begşou ilmiy tadqiqotçi edi. U Yangi Zelandiyada yaşagan va aprel oyida Ukrainaga kelgan. «Endryu fidokorona öz hayotini xavf ostiga qöydi va köp odamlarni qutqardi; biz uni yaxşi köramiz va qilgan işi bilan juda faxrlanamiz», dedi uning oilasi.


















