«Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi loyihasiga kelsak, bu juda istiqbolli. Uzoq vaqt davomida mamlakatlar bu borada yagona qarorga kela olmadi. Ammo bugun Xitoy, Özbekiston va Qirğiziston rahbarlarining siyosiy irodasi bor. Şu bois 2022 yilda Samarqandda tegişli hujjatlar imzolandi.

Joriy yil örtalarida birinçi texnik-iqtisodiy asoslar tayyor bölişi, quriliş işlari yil oxirida yoki keyingi yilning boşida boşlanişi kutilmoqda. Agar yöl qurilsa, Özbekiston va Qirğizistonning iqtisodiy, savdo, logistika, transport imkoniyatlarini bir neça barobar oşiriş imkonini beradi. Şuningdek, mamlakatlarimizda tranzit taşiş orqali daromad oliş imkoniyati ham paydo böladi», – deydi Temir Sariyev.

Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryölini quriş taşabbusi 2000 yillarning boşlarida e’lon qilingandi, ammo öşa vaqtdan beri bu narsa amalga oşirilmay qolib ketmoqda. 

Bu mavzudagi sönggi oliy darajadagi kelişuvlarga 2022 yil sentabr oyida Samarqandda bölib ötgan ŞHT sammitida erişilgan.