Amerikaliklar jami 31 ta tank beradi. Baydenning sözlariga köra, yetkazib beriş jarayoni ma’lum vaqt oladi, ammo AQŞ yaqin vaqtlar içida ukrain harbiylarini şu tanklarni boşqarişga örgata boşlaydi.
«Bu tanklar jang maydoniga qadar yetib borişi vaqt talab etadi. Biz bu vaqtdan ukrainlar Abrams tanklarini öz mudofaasiga integratsiya qilişga töliq tayyor bölişini ta’minlaş uçun foydalanamiz.
Biz Ukrainani qança kerak bölsa şunça qöllab-quvvatlaymiz – bu Rossiyaga qarşi kuraş emas, ozodlik uçun kuraşdir. Biz ozodlik maş’alasi imkon qadar yorqinroq yonişini istaymiz», – degan Bayden.
AQŞ prezidenti ma’muriyati Ukraina qurolli kuçlariga bu tanklarga xizmat körsatuvçi 8 ta zirhli M88 maşinalari ham yuborilişini e’lon qildi.
«31 ta M1 Abrams tankini jönatiş haqidagi bugungi qaror Ukrainaga özini yaxşiroq himoya qilişda davom etişi uçun zarur bölgan imkoniyatlarni beriş borasidagi sa’y-harakatlarimizning davomidir», dedi AQŞ ma’muriyati rasmiysi maxsus brifingda. Uning ta’kidlaşiça, 31 ta M1 Abrams tanki Ukrainaning bitta tank bataloniga teng.
OAVning yozişiça, AQŞ Germaniyani Leopard tanklarini berişga köndiriş uçun Ukrainaga Abrams tanklarini yuborişga qaror qilgan.

Avvalroq Bloomberg agentligi öz manbasiga tayangan holda, AQŞ Ukraina uçun M1 Abrams tanklarini işlab çiqarişga 400 mln dollar mablağ ajratişini xabar qilgandi.
Amerika naşrlari yozişiça, Ukraina uçun maxsus tanklar General Dynamics kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilişi tufayli ularning yetkazib berilişi bir yilgaça çözilişi mumkin.
AQŞ armiyasi 1980 yildan buyon M1 Abrams tanklariga ega. Ayni vaqtda bunday tanklarning turliça modifikatsiyadagi 2,6 mingdan ortiğidan foydalaniladi, 3,5 mingga yaqin tank omborlarda saqlanadi.
Bunday tanklar Avstraliyadan Marokaşgaça bölgan öndan oşiq mamlakatlar armiyalarida xizmat qiladi va turli şaroitlarda özini yaxşi tomondan körsatgan.
Avvalroq amerikalik mulozimlar Oq uy Abrams tanklarini Ukrainaga Ğarbning Rossiya bilan mojarosi keskinlaşuvidan çöçiyotgani tufayli emas, balki amerikaliklar tankidan foydalaniş juda murakkabligi va katta miqdorda maxsus yonilği talab etişi bilan boğliq ekanini aytişgandi.



















