Prezident tomonidan “Özbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi farmon imzolandi.
Özgarişlarga muvofiq:
davlat mulki obektlarini ijaraga beriş uçun auksionga qöyilganda umumiy asoslarga köra ijara muddati uç yil etib belgilanadi. Ijaraga oluvçi tomonidan majburiyatlar öz vaqtida va töliq bajarilganda ijara muddati uç yilga uzaytiriladi;
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat organlarining uç oydan köproq muddat içida foydalanilmayotgan va böş turgan obektlari (ijtimoiy obektlardan taşqari) ularning roziligisiz ijaraga beriş yoki sotiş uçun onlayn-auksion savdoga qöyiladi.
Davlat aktivlarini boşqariş, transformatsiya va xususiylaştiriş jamğarmasining mablağlari quyidagiça taqsimlanadi:
mahalladagi maydoni 2 ming kvadrat metr bölgan davlat köçmas mulk obektlarini hokim yordamçilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotişdan tuşadigan mablağlar tegişli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş jamğarmalariga;
xususiylaştiriş dasturlariga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan davlat aktivlarini sotişdan tuşgan mablağlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş hududiy jamğarmasiga yönaltiriladi.

















