Ukrainaning 10 ta viloyati va annexia qilingan Qrimda havo ogohlantiriş tizimi - trevoga e’lon qilindi.
Avvalroq, Mikolayiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim Eronda işlab çiqarilgan uç guruhli dronlar uçayotgani haqida xabar berib, Rossiya uçuvçisiz uçoqlar bilan zarba berişi haqida ogohlantirgan edi.
Bundan oldin Ukraina Qurolli kuçlari Şarqiy yönalişi qömondonligi vakili Sergey Çerevatiy Ukraina qöşinlari Donetsk viloyatining Baxmut tumanidagi Soledar şahridan olib çiqilganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Soledar qölga olinganini 13 yanvar kuni, «Vagner» XHK esa bundan ham oldinroq e’lon qilgan edi.
«Bir neça oylik şiddatli janglardan söng, jumladan, sönggi haftalardagi, Ukraina qurolli kuçlari Soledarni tark etdi va şahar çekkasidagi oldindan tayyorlangan pozitsiyalarga çekindi», dedi Sergey Çerevatiy AFP agentligiga.


















