Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoyalaş qömitasi ötkazilgan örganişlarda yonilği quyiş şoxobçalarida Ai-80 markali benzinni Ai-91 yoki Ai-92 markasi ostida sotiş holatlari aniqlangan.

Şu sababli qömita respublikaning turli hududlarida xususiy korxonalarga qaraşli 23 ta yonilği quyiş şoxobçalarida sotilayotgan yonilği sifatini aniqlaş maqsadida nazorat xaridlari ötkazdi, şuningdek, belgilangan hajmdan kam hajmlarda benzin quyib beriş holatlari ham örganilgan.

“Qonunbuzarliklar Samarqand viloyatidagi “Triada express service” MÇJ, “Turop Godir” MÇJ va “Muxammad neft oil” MÇJ kabi yonilği quyiş şoxobçalarida aniqlandi.

Sirdaryo viloyatidagi “Said AGSM tex servis ”, “Bekzod-5”, “Murod Maqsad Trans” va “Lux Petrol” MÇJlarga qaraşli yonilği quyiş va boşqa şu kabi şoxobçalarda ham bunday holatlar kuzatilgan.

Yonilği quyiş şoxobçalari faoliyatini örganiş natijalariga köra, benzinni notöğri sotiş, şuningdek, iste’molçilarga töliq hajmlarda quyib bermaslik natijasida yetkazilgan zarar miqdori qariyb 489 million sömni taşkil etdi. Ayni paytda qömita tomonidan iste’molçilarga yetkazilgan zararni qoplaş va qayta hisob-kitob qiliş işlari olib borilmoqda”, – deyiladi qömita xabarida.

Raqobat qömitasi birja auksionlarida xarid qilingan va yonilği quyiş şoxobçalari orqali sotilayotgan Ai-80 markali benzin sotilişi tizimli örganib çiqilayotganini ham alohida ta’kidlagan.

“Şu tariqa, yil boşidan buyon birja savdolari orqali örtaça 20 tonna, jami 5,2 ming tonna neft mahsulotlari xarid qilinganiga qaramay, 241 ta yonilği quyiş şoxobçalarida iste’molçilarga benzin sotilmagani aniqlandi, ya’ni sun’iy ajiotaj holati vujudga keltirilmoqda. Örganişlar natijalari böyiça materiallar zarur çoralar körilişi uçun Neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasiga taqdim etildi”, – deyiladi xabarda.