Germaniya federal kansleri Olaf Şols Ukrainaga Leopard jangovar tanklarini yetkazib beriş niyatini rasman tasdiqladi. Bu haqda u 25 yanvar, çorşanba kuni Berlinda Bundestagda sözlagan nutqida aytib ötdi. Birinçi bosqiçda Germaniya Kiyevga Bundesver zaxirasidan 14 ta Leopard 2 A6 tankidan iborat rotani beradi. Berlin, şuningdek, boşqa mamlakatlarga tanklarni Ukraina Qurolli kuçlariga reeksport qilişiga ruxsat beradi. Vazifa zudlik bilan Ukraina uçun ikkita tank batalonini yiğişdir, dedi Şols. Bundesverning tank batalonining tarkibi odatda 44 ta tankni öz içiga oladi. Şu tariqa, gap Ukrainaga yevropalik şeriklar tomonidan Leopard 2 tipidagi 90 ga yaqin jangovar transport maşinalarni yetkazib beriş haqida ketayotgan bölişi mumkin.

Ukraina ekipajlarini tayyorlaş imkon qadar tezroq Germaniyada boşlanişi kerak. Yangi yordam paketi logistika, öq-dorilar va tizimlarga texnik xizmat körsatişni ham öz içiga oladi.

Bu qadam Germaniyaning eng yaqin yevropalik va xalqaro hamkorlari bilan olib borilgan intensiv maslahatlaşuvlar natijasidir, dedi kansler. «Uşbu qaror Ukrainani qölimizdan kelgança qöllab-quvvatlaş böyiça bizning pozitsiyamizga töğri keladi. Biz xalqaro miqyosda yaqin muvofiqlaştiriş va hamjihatlikda harakat qilmoqdamiz», - deyiladi hukumat bayonotida.

Birinçi marta Ukraina boş vaziri Denis Şmixal 2022 yil 4 sentabrda Berlinga jangovar tanklarni yetkazib beriş böyiça sörov bilan murojaat qilgandi. Biroq, Şols bu sörovni rad etdi. Rasmiy Berlin özining vazmin pozitsiyasini Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşining avj olişi tahdidi va Kiyevga harbiy yordam körsatiş masalasida xalqaro muvofiqlaştiriş zarurligi bilan izohladi. Kansler Şols Ukrainaga uşbu turdagi qurollarni taqdim etişda ikkilangani uçun, jumladan, Germaniyadagi hukmron koalitsiyadagi safdoşlari tomonidan bir neça bor tanqid qilindi.

Kanslerning ehtiyotkor pozitsiyasida nemis saylovçilarining kayfiyati muhim rol öynadi. ARD-Deutschlandtrend dasturida Ukrainaga nemis qurollari yetkazib berilişi böyiça jamoatçilik fikri natijalarini taqdim etuvçi infratest-dimap Jamoatçilik fikrini örganiş instituti sönggi söroviga köra, tadqiqot iştirokçilarining 46 foizi jangovar tanklar yetkazib beriş tarafdori, 43 foizi qarşi çiqdi.