Germaniya iqtisodiyoti 2023 yilda retsessiyaga tuşmaydi - bu haqda hukumatning 25 yanvar, çorşanba kuni taqdim etilgan yillik hisobotida aytilgan. «Oğir iqtisodiy inqirozning oldi olindi», dedi Germaniya vitse-kansleri Robert Xabek, u federal iqtisodiyot vaziri lavozimini egallaydi. Berlin hukumatining hisob-kitoblariga köra, bu yil Germaniya iqtisodiyoti ilgari öylanganidan ança yaxşi rivojlanadi. 2023 yilda yalpi içki mahsulot (YaIM) 0,2 foizga ösişi kutilmoqda, kuzda xavotir bölganidek - 0,4 foizga tuşmaydi.
Hukumat hisobotiga köra, joriy yilda inflatsiya pasayadi - hukumat uni 6,0 foiz deb prognoz qilmoqda, 2022 yilda iste’mol narxlari örtaça 7,9 foizga oşgan. Xabek, şuningdek, energiya narxining pasayişi ham kutilayotganini ta’kidladi. Bu jahon bozorida ular qiymatining pasayişi, nemis gaz omborlarining hozirgi yaxşi töldirilişi, şuningdek, Rossiya gaziga suyultirilgan gaz kabi alternativa mavjudligi bilan boğliq.
Robert Xabekning sözlariga köra, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va energiya narxining oşişiga qaramay, Germaniya iqtisodiyotidagi «eng yomon ssenariy»dan, jumladan, kompaniyalar va uy xöjaliklariga federal hukumat tomonidan körsatilgan keng kölamli yordam tufayli qutulgan. Şu bilan birga, Moliya vazirligi rahbari ta’kidlaganidek, inqirozni boşqariş mumkin bölgan bölsa-da, bu oxiri emas.
Öz navbatida, Germaniya kansleri Olaf Şols Bundestagda çiqiş qilar ekan, uning hukumati iqtisodiy inqirozni «tugatganini» aytdi. «Aqldan ozgan kuz» yoki «aqldan ozgan qiş» yoxud şunga öxşaş boşqa narsa bölmadi, dedi Şols.
Ayni paytda uning örinbosari Robert Xabek Germaniya iqtisodiyoti hali ham işçi kuçiga juda muhtoj ekanini ta’kidladi. Unga köra, hozirda mehnat bozorida 800 mingga yaqin böş iş örni mavjud. Xabek içki salohiyatdan yaxşiroq foydalaniş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşni davom ettirişga çaqirdi. Bundan taşqari, xorijdan jalb etilayotgan mutaxassislar sonini köpaytiriş zarurligini ta’kidladi.

















