Insoniyat şaharlar qurişga örganib olganidan beri köpçilik şaharga intiladi, har holda yoş va quvvatga töla odam şaharda yaşaşni istaşi bor gap. Çunki şahar – imkoniyatlar makoni, şaharda hayot qaynaydi. Köp işlar qilsa böladi, qulayroq yaşaş mumkin.

Qulay, xavfsiz, xotirjam va yaxşi yaşaş borasidagi namuna şaharlar köp. Bu borada kimdir Praga, Budapeşt, Sofiya kabi Şarqiy Yevropa şaharlarini, yana kimdir rivojlangan Yevropa va AQŞ şaharlarini, yana boşqa birov Dubay, Tokio, Istanbul kabi megapolislarni, yana boşqa birov kiçikroq “millionlik” şaharlarni ma’qul köradi.

Yuqoridagi istalgan şaharni u yoki bu darajada rivojlangan, qulay va yaşaş uçun komfort şahar, deyiş mumkin. Elektr, gaz, suv ta’minotining uzluksizligi, oqova va drenaj tizimining mukammalligi, yaşil va sokin hududlar hamda turli boşqa köngiloçar obektlarning yetarli ekani – şahar aholisi uçun öta muhim faktorlar.

Xöş, Özbekiston şaharlari, jumladan mamlakat boş kentida ahvol qanday?

  • Yaqindagina lavozimidan böşatilgan hokimdan söng Toşkent qay ahvolda qoldi?
  • Mamlakatimizning boşqa şaharlaridagi ahvol boş kent bilan bir xilmi?
  • Biz körgan anomal sovuq oqibatida nima uçun energetika kollapsi yuzaga keldi?
  • Şaharsozlik normalariga rioya qilinadimi?
  • Özi şahar quriş qanday bölişi lozim?
  • Energetik inqiroz darhaqiqat bor narsami yo kollaps faqat palapartiş qurilişlar natijasimi?
  • Sobiq hokim davrida qanday xatolarga yöl qöyildi?
  • Bundan buyon nimalar qilsak töğri böladi?

Savollar köp. Nafaqat jurnalistlarda, balki oddiy odamlarda ham savollar köp va eng açinarlisi, bu savollarga javob beradigan mas’ulning özi yöq. Sobiq hokimning salkam 5 yillik faoliyatida asrlarga tatigulik xatolarga yöl qöyilgani bor gap. Amaldorlar jim ekan, yuqoridagi savollarga biz – mutaxassis va jurnalistlar javob topişga urindik. Balki (umid juda kam) mutaxassis va şaharlarning rosmana egasi – xalqning fikriga endi quloq solişar? Balki bu çiqişlarimizning kelgusida nafi tegib qolar?

Ayni şu maqsadda Kun.uz jurnalisti Bobur Akmalov #Boricha podkastining navbatdagi sonida şaharsoz mutaxassis Temurbek Ahmedov, energetika böyiça mutaxassis Sarvar Qurbonov va ekofaol Nozima Olimova bilan suhbatlaşdi.