Kun.uz muxbiri hududlarda bölib, metan-şoxobçalar faoliyatiga çeklov ortidan yuzaga kelgan şu kabi holatlarni tasvirga oldi.

Şuningdek, eng ommabop benzin markasi AYoQŞlarga nega yetib bormayotganiga boğliq savollar bilan “Özbekneftgaz” AJ “Maroqand neft bazasi” MÇJ rahbari bilan suhbatlaşdik.

Bugun qaysi AYoQŞda AI-80 benzini sotilayotganini biliş uçun unça boş qotiriş şart bölmay qoldi. Agar siz qaysi şoxobçada adoqsiz maşinalar va navbatlarni körsangiz, bilingki, öşa joyda AI-80 bor.

Samarqand şahridagi “Dinora” MÇJga endigina AI-80 markali benzin olib kelinganidan xabar topdik. Allaqaçon yuzlab maşinalar navbatda turibdi. Şahar şifoxonasi yaqinidan ötgan bu köça şundoq ham tor va ta’mirtalab bölgani uçun katta tirbandlik hosil bölgan.

Şoxobça mutasaddilarining aytişiça, 5 tonnadan ortiqroq AI-80 markali benzin olib kelingan va qisqa vaqt içida 2 tonnadan ortiği sotib bölingan. Bu miqdordagi benzin köpi bilan uç soatda sotilib ketayotganini aytişdi. Bir mijozga köpi bilan 20 litr benzin sotilyapti. Metanga çeklovlar qöyilmasidan oldin 5 tonna benzin sotilişi uçun bir haftagaça vaqt kerak bölgan.

Navbatda turgan haydovçilarni suhbatga tortdik. Tabiiyki, bu jarayonlar, uzluksiz navbatda turiş mijozlarni zada qilib qöygan.

“Bir neça soat davomida kutib, endigina navbatim kelganda AI-80 tugab qoldi. Majbur bölib qariyb ikki barobar qimmat bölgan AI-92 sotib oldim, odamga juda alam qilarkan”, – deydi haydovçilardan biri.

“Şu paytgaça metan gazda yurganman. Taksiçilik qilaman. Deyarli har kuni soatlab navbatda turyapman, köpinça majbur bölib qimmat narxdagi benzinni olişga töğri kelyapti. Odamlar ham tuşunyapti, yonilğini qiyinçilik bilan olayotganimiz uçun maşinamizga ötirgan mijozlar narxga talaşmay ham qoldi”, – deydi boşqa bir haydovçi.

Köpçilik AYoQŞlarda 20 litrdan ortiq benzin sotilmayotganidan norozi bölmoqda. Şoxobça egalari esa yonilğini köpçilikka yetkaziş uçun şu yöldan foydalanilayotganini bildirişdi.