Amerika Qöşma Ştatlarining Bişkekdagi elçixonasi Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi aloqalar, munosabatlar va hamkorlik masalalariga yuqori baho berdi.

«Amerika Qöşma Ştatlari Qirğiziston va Özbekistonning mintaqaviy tinçlik va barqarorlikni ta’minlaşga sodiqligini namoyiş etişdagi muvaffaqiyatli sa’y-harakatlarini olqişlaydi.

Bahsni emas, diplomatiya yölini tanlagan ikki tomon Markaziy Osiyodagi hamkorlik iqtisodiy rivojlaniş va aloqalarni mustahkamlaş uçun zarur ekanini ta’kidlaşdi», deyiladi elçixona xabarida.

Eslatib ötamiz, şu kunlarda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy davlat taşrifi bilan Qirğizistonda bölib turibdi. U Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, şuningdek, qirğiz siyosatçilari, işbilarmonlari bilan uçraşib, qator kelişuvlarga erişdi.