AQŞ Milliy arxivlar va hujjatlar boşqarmasi (NARA) mamlakatning sobiq prezidentlari va vitse-prezidentlaridan qonunga köra davlat arxiviga topşirilişi kerak bölgan yoki maxfiy ma’lumotlarni öz içiga olgan hujjatlarni şaxsiy arxivlardan izlab körişni söradi.
Bu haqda CNN telekanali prezident Jo Bayden, sobiq prezident Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Mayk Pens uyida maxfiy hujjatlar topilişi bilan boğliq qator mojarolardan söng NARA tomonidan yöllangan maktublarga tayanib xabar bermoqda.
Murojaat sobiq prezident Ronald Reygandan tortib Oq uyning hozirgi ma’muriyatigaça bölgan olti prezident va vitse-prezidentlar vakillariga yuborilgan.
Maktubda ta’kidlanişiça, «Reygandan boşlab har bir prezidentga tegişli bölgan hujjatlar maxfiyligidan qat’i nazar, Milliy arxivga topşirilişi şart».
Sobiq prezidentlar — Bill Klinton, Jorj Buş, Barak Obama va katta Jorj Buş vakillari barça maxfiy hujjatlar öz vakolati tugaganidan keyin Milliy arxivga topşirilganini tasdiqlaşgan.
Şu hafta boşida Mayk Pens advokati Indianadagi uyida öndan ortiq maxfiy hujjatlarni topgani, materiallar FQBga topşirilgani xabar qilingandi.
Bungaça Bayden atrofida janjal avjiga çiqdi. Uning tahlil markazida, keyin esa şaxsiy garaji va qarorgohida maxfiy hujjatlar topildi. Bu uning vitse-prezidentlik davriga aloqador bölib, maxfiy hujjatlardan foydalaniş qoidalarini qöpol ravişda buzilişidir.
Avvalroq Donald Tramp ham maxfiy hujjatlarni notöğri saqlaşda ayblangan edi.

















