Oq uy va Pentagon Ukrainaga jangovar samolyotlar yuborilişi mumkinligini istisno etmadi. AQŞ Mudofaa vazirligi hali e’lon qilinmagan yordam paketlaridan oldinga ötiş niyatida emasligini qöşimça qildi.

Qöşma Ştatlar «Ukrainaga qandaydir aniq qurol tizimlari» yetkazib berilişini istisno etmaydi. Bu haqda 26 yanvar, payşanba kuni AQŞ prezidenti Jo Baydenning xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Fayner MSNBC telekanalining Vaşington Kiyevga qiruvçi samolyotlar yetkazib beriş imkoniyatini körib çiqyaptimi, degan savoliga javoban ma’lum qildi.

Faynerning ta’kidlaşiça, Ukrainaga yordam uning ehtiyojlariga muvofiq amalga oşiriladi. «Biz buni juda batafsil bilan muhokama qilamiz», - deya qöşimça qildi Baydenning maslahatçisi Ukraina tomonining jangovar samolyotlarni Kiyevga beriş haqidagi çaqiriqlarini izohlar ekan.

Amerika qiruvçi samolyotlari Ukrainaga yuborilişi mumkinligini AQŞ Mudofaa vazirligi ham istisno etmadi. «Biz, albatta, kun tartibidan heç qaysi masalani olib taşlamoqçi emasmiz», dedi Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx 26 yanvar kuni bölib ötgan brifingda F-16 qiruvçi samolyotlarining Ukrainaga berilişi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytarib. Biroq, Singxning ta’kidlaşiça, F-16 murakkab qurol tizimi bölib, keng qamrovli tayyorgarlikni talab qiladi.

«Biz havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etyapmiz, ukrainaliklarni Patriot zenit-raketa tizimlari bilan işlaşga örgatyapmiz. Ular nafaqat biz, balki boşqa davlatlar ham taqdim etayotgan bir qator havo imkoniyatlaridan naqadar aql bovar qilmaydigan darajada foydalanganini kördik. Keyingi qadamlarga kelsak, men hali e’lon qilinmagan yordam paketlari yoki prezident va Mudofaa vaziri qarorlaridan oldinga çiqmoqçi emasman», deya qöşimça qildi Sabrina Singx.

Avvalroq Ukraina taşqi işlar vaziri örinbosari, Germaniyadagi sobiq elçi Andrey Melnik Kiyevga Rossiya harbiy agressiyasini qaytariş uçun tanklardan taşqari qiruvçi samolyotlar, harbiy kemalar va suvosti kemalari kerak bölişini aytgan edi. Politico naşrining yozişiça, Ukrainaga Germaniya va Amerika tanklarini yuboriş qaroridan söng NATO davlatlari vaziyat yanada avj olişidan xavotirda ekaniga qaramay, Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib beriş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida, agar NATO davlatlari birgalikda şunday qaror qabul qilsa, uning mamlakati Ukrainaga qiruvçi samolyotlar yetkazib berişni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ta’kidladi. Avvalroq Niderlandiya taşqi işlar vaziri Vopke Xukstra mamlakat parlamentida sözlagan nutqida, OAV xabariga köra, bu masalada heç qanday taqiq yöqligini aytgan. Germaniya kansleri Olaf Şols esa teskari fikrda. 25 yanvar kuni Bundestagda sözlagan nutqida u nemis jangovar samolyotlarini yetkazib beriş yoki Bundesver qöşinlarini Ukrainaga joylaştirişni imkonini rad etdi. Şolsning sözlariga köra, «hozirça bunday bölmagan va kelajakda ham bölmaydi».