Şlezvig-Golşteyn federal hududida poyezd yölovçilariga piçoq bilan hujum uyuştirganidan söng, jinoyatçi 26 yanvar, payşanba kuni qölga olindi va himoyasiz holatdagi odamlarni öldirişda ayblanib, tergov izolyatoriga joylaştirildi. U törtta modda böyiça qotillikda ayblanyapti, deb xabar berdi Itsexo şahridagi prokuratura vakili.
33 yoşli fuqaroligi bölmagan falastinlik bir kun avval Kildan Hamburgga ketayotgan mintaqaviy poyezd yölovçilariga piçoq bilan hujum qildi. Natijada bir-birini tanigan 17 yoşli qiz va 19 yoşli yigit halok bölgan. Bundan taşqari, ikki kişi hayotiga xavf tuğdiruvçi tan jarohati oldi, yana uç kişi oğir tan jarohati oldi. Yölovçilar gumondorni özlari zararsizlantirişga muvaffaq bölişdi, poyezd Brokştedt şahridagi vokzalga yetib kelganida politsiya uni qölga oldi.
Uşbu hodisaga nima sabab bölgani noma’lumligiça qolmoqda. Şu bilan birga, prokuratura vakili buni terrorizm bilan boğlaş uçun asos yöqligini ta’kidladi. Hozir hibsga olingan falastinlik Ibrohim A. Germaniyaga 2014 yilda kelgani xabar qilingan. 2015 yildan beri u Şimoliy Reyn-Vestfaliya va Hamburg politsiyasi tomonidan bir neça bor qölga olingan, şu jumladan zöravonlik jinoyatlari uçun. Bundan oldin Ibrohim A. Hamburg tergov izolyatoridan 19 yanvar kuni ozod etilgan.

















