2022 yilda Rossiyadan yoğoç mahsulotlari (taxta, tösin, şpon, fankryaj) eksporti 20,8 foizga kamaydi va 23,3 million kub metrni taşkil etdi. Bu haqda «Roslesinforg» taşkilotiga taynib Interfax xabar berdi. 

Ta’minotning yarmidan köpi Xitoyga töğri keladi. Bu mamlakatga 13 mln kub.m. yoğoç jönatilgan. Bu 2021 yilga nisbatan 7 foiz kam. 

2022 yilda Rossiyadan yoğoç mahsulotlarini sotib oliş böyiça ikkinçi örinni Özbekiston egallab turibdi. U Rossiyadan 1,9 mln kub.m. yoğoç import qilgan. Bu 2021 yil darajasiga töğri keladi.  

Rossiyadan yoğoç mahsulotlarini eng köp sotib olgan mamlakatlar içida Qozoğiston (0,762 mln kub.m.), BAA (0,344 mln kub.m.), Iroq (0,174 mln kub.m.), Iordaniya (0,174 mln kub.m.) va Eron (0,379 mln kub.m.) bor. 

Umuman olganda, 2022 yilda Rossiya 89 mamlakatga yoğoç mahsulotlari yetkazib bergan. Xaridorlarni birinçi navbatda qarağay, arça va tiloğoçdan olingan taxta va tösinlar qiziqtirgan, ammo qattiq yoğoçdan kesilgan mahsulotlarga bölgan qiziqiş ham ortib borayotgani ta’kidlanadi.