Payşanba kuni Ukraina hududi böylab 50 dan ortiq raketalar uçib kelgan. Bu haqda Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi xabar bermoqda. Tunda esa mamlakat kamikadze dronlar hujumiga yöliqqandi - Ukraina prezidenti ofisi rahbari hisoblaşiça, Rossiya bu orqali yoppasiga raketa hujumlaridan oldin havo hujumidan mudofaa tizimlarini «band qiliş»ga uringan. Bundan oldingi havo zarbalari vaqtida Dniprodagi köp qavatli uyga raketa kelib tuşgandi.
«Taxminan Murmansk oblasti hududidan oltitaça Tu-95 samolyotlari havoga kötarildi va raketalar uçirdi. 30 dan ortiq raketalar kelişi kutilmoqda, ularning ayrimlari allaqaçon turli oblastlarda paydo bölgan, havo hujumidan mudofaa tizimlari işga kirişgan», degandi ertalabki teleefir çoğida Ukraina havo kuçlari rasmiysi Yuriy Ignat.
Kun örtalariga kelib Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy yangi raqamlarni e’lon qildi. Unga köra, rossiyaliklar Tu-95, Su-35 va MiG-31K samolyotlari hamda Qora dengiz akvatoriyasidagi kemalardan 55 ta raketa uçirgan (X-101, X-555, X-47 «Kinjal», «Kalibr», X-59). Zalujniyning bayonotiga köra, havo hujumidan mudofaa kuçlari 47 ta qanotli raketani urib tuşirgan, şundan 20 tasi Kiyev hududiga uçib kelgandi. Bundan taşqari, törtta X-59 rusumli boşqariluvçi aviatsiya raketalaridan uçtasi nişonga yetib bora olmagan.
Tongda butun Ukraina böylab havo trevogalari yangradi. Kiyevda odamlar metroga tuşib yaşirindi. Şahar meri Vitaliy Kliçko poytaxtning ikki rayonida portlaşlar röy berganini xabar qildi - Dniprovskiy va Goloseyevskiy.
«Raketalardan biri Goloseyevskiy rayonida quriliş hududiga kelib tuşişi oqibatida bir kişi halok bölgani va ikki kişi yaralangani töğrisida ma’lumot bor. Jabrlanganlar şifoxonaga yotqizilgan», deya yozgan Kliçko telegram-kanalida. Şahar ma’muriyati xabarida «raketa parçalari» kelib urilişi haqida gap ketgan.
Kiyev şahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning xabariga köra, Rossiya Kiyev yönalişida turli tipdagi 20 ga yaqin raketa uçirgan, «havo hujumidan mudofaa kuçlarining faoliyati tufayli» havodagi barça nişonlar urib tuşirilgan. U şahar aholisidan havo trevogalari tinguniça boşpanalarda qolişni söragan. Popkoning ma’lumotiga köra, Kiyevda raketa parçalari tuşişi oqibatida 55 yoşli erkak halok bölgan.

Keyinroq Ukraina Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati vakili Oleksandr Xorujniy rossiyaliklarning 26 yanvar kungi hujumlari oqibatida jami 11 kişi halok bölib, yana şunça odam yaralangani töğrisida ma’lumot berdi. Uning sözlariga köra, raketa va dron hujumlari Ukrainaning 11 hududida qayd etilgan.



















