24-25 yanvar kunlari bölib ötgan mazkur taşrifdan közlangan asosiy maqsad Özbekistonda çakana savdo tarmoğini oçiş va mamlakatda işlab çiqarilgan töqimaçilik, çarm, elektrotexnika va boşqa mahsulotlarni Groupe Casino çet eldagi dökonlariga eksport qiliş masalalari böyiça muzokaralar ötkaziş bilan izohlanadi.

Safar davomida Groupe Casino kompaniyasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik böyiça direktori Ervan Xuard boşçiligidagi delegatsiyasi Toşkent şahar hokimining örinbosari Şarof Rahmonov bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqot davomida Fransiya kompaniyasi faoliyati, Özbekistonda çakana savdo bozori talablari hamda Yevropa çakana savdo brendi ostida savdo dökonlarini oçiş kabi masalalar yuzasidan batafsil fikr almaşildi.

«Özstandart» agentligida bölgan uçraşuvda delegatsiya bilan mahsulotlar xavfsizligini ta’minlaş, ularni sertifikatlaş va standartlaş talablari muhokama qilindi. Fransiya delegatsiyasiga çet eldan import qilingan tovarlar sertifikatlarini mahalliy standartlarga muvofiqligini tekşiriş, ularning sifatini va xavfsizligini kafolatlaş böyiça ma’lumotlar berildi.

Safarning ikkinçi kuni kompaniya vakillari uçun Savdo sanoat palatasida uçraşuv taşkil etildi. Tadbirda «Öztöqimaçiliksanoati», «Özçarmsanoati» va «Özelektexsanoat» uyuşmalari hamda a’zo kompaniyalar vakillari iştirok etişdi. Xorij tomoniga respublikamizning töqimaçilik, çarm, elektrotexnika mahsulotlarini eksport qiliş imkoniyatlari haqidagi taqdimot ötkazildi. Groupe Casino guruhi vakillari milliy mahsulotlarni kompaniyaning çet eldagi dökonlariga joylaştiriş tartibi va talablari haqida iştirokçilarga ma’lumot berişdi.

Groupe Casino Fransiyaning eng yirik çakana kompaniyalaridan biri bölib, gipermarketlar, supermarketlar, mini-marketlar, çegirmali va ulgurji dökonlarning keng tarmoğiga egalik qiladi. Kompaniyaning yillik örtaça aylanma mablaği 40 milliard dollardan oşadi.