Huquq faoli Abdurahmon Taşanovning yozişiça, Mehnat kodeksining bosma naşri Adliya vazirligi buyurtmasi bilan çop qilingan. Holat yuzasidan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi munosabat bildirdi.

Foto: Facebook / Abdurakhmon Tashanov

Qayd etilişiça, 2022 yilning dekabr oyida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan yangi Mehnat kodeksi özbek va rus tillarida 1 000 ta nusxada çop etilgan.

“Kodekslarning rus tili naşridagi texnik xatolik ularning 238 tasi sotib bölingaç aniqlanib, dökonlardan qolgan kodekslar zudlik bilan yiğib olingan. Mazkur texnik xatolikka yöl qöygan sohaga mas’ul şaxslarga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanib, kelgusida bunday xatoga yöl qöymaslik çoralari belgilab olindi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xatoga yöl qöyilgan naşrni sotib olgan fuqarolarga kodekslarning töğrilangan şakli yetkazib berilişini ma’lum qilgan.