Özbekiston Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni tikladi. Bu haqda Afğonistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) Kobul viloyatidagi filiali rahbari Hikmatulla Oxundzoda ma’lum qildi, deb xabar berdi TOLOnews.
Şu bilan birga, Oxundzoda afğonlar va’da qilingan 250 MVt örniga faqat 100 MVt quvvat olayotganini, şundan 90 MVt quvvat Kobul şahriga sarflanayotganini ta’kidladi.
Öz navbatida, Afğoniston Sanoat va toğ-kon palatasi rahbari örinbosari Saxiy-Ahmad Paymon sözlariga köra, Özbekiston elektr energiyasi yetkazib berişni töxtatgan vaqtda Kobul sanoat parklarida joylaşgan korxonalarning 90 foizi öz faoliyatini töxtatgan.
Yanvar oyi örtalarida Özbekistondan Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib beriş töxtatildi. «Özbekiston Milliy elektr tarmoqlari» davlat korxonasi ma’lumotlariga köra, haroratning keskin pasayib ketişi tufayli issiqlik elektr stansiyalarini yoqilği bilan ta’minlaşda muammolar yuzaga kelgani sababli elektr energiyasi eksporti töxtatilgan edi.

















