“Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar taşkil etildi:
- Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
- institut huzurida Agrobiznes sub’yektlari salohiyatini oşiriş markazi – Capacity Building Center;
- Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qöqon oziq-ovqat sanoati va xizmat körsatiş texnikumi.
Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş sohasida kiçik va örta biznes uçun raqobatbardoş texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlaş hisoblanadi.
Institutda öqitiş ingliz, rus va özbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim şakllarida amalga oşiriladi.
2024/2025 öquv yilidan institutda bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça dual ta’lim tizimi joriy qilinadi. 2024 yil 1 yanvardan institut ilmiy salohiyatini oşiriş uçun oziq-ovqat sanoati va uni qayta işlaş böyiça ilmiy pedagogik kadrlar (tayanç doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar institutga sohaga mos bölgan bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça kiriş imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

















