Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Özbekiston Savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça milliy qömitasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça milliy qömitasining faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça milliy qömitasi faoliyatini muvofiqlaştiruvçi organ etib belgilanadi.
Milliy qömita mamlakatda taşqi savdo faoliyati uçun şaffof, başorat qilinadigan va raqobatbardoş muhitni rivojlantiriş maqsadida taşqi savdo faoliyatining tartibotlari va rasmiylaştiruvini soddalaştiriş, modernizatsiya qiliş va standartlaştiriş bilan şuğullanuvçi kollegial organ hisoblanadi.
Milliy qömitaning asosiy vazifalari:
- vakolatli davlat organlarining taşqi savdo va logistika sohasidagi tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş, şu jumladan JST bitimi qoidalarini amalga oşiriş böyiça muvofiqlaştiruv va özaro hamkorlikni amalga oşiriş;
- bojxona tartib-taomillari, transport, logistika, moliyaviy va suğurta masalalari, texnik jihatdan tartibga soliş, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya masalalari, elektron hujjat aylanişi va boşqa tegişli masalalarni öz içiga olgan taşqi savdo sohasidagi qonunçilik, ma’muriy tartib-qoidalar va amaliyotlarni örganiş va tahlil qiliş, xalqaro savdoda Özbekiston xarajatlari va raqobatbardoşligiga ta’sir etuvçi muammolarni aniqlaş;
- tovarlarni import, eksport qiliş va tranziti tartiblari va rasmiylaştiruvini, taşqi savdo faoliyatida tovarlarni olib ötiş, çiqariş, bojxona rasmiylaştiruvi bilan boğliq tartiblarni soddalaştiriş, modernizatsiya qiliş, standartlaştiriş, bojxona rasmiylaştiruvi va hisob-kitoblarini amalga oşiriş uçun zarur bölgan hujjatlar va ma’lumotlarni töplaş va taqdim etiş;
- taşqi savdo, transport va logistika sohasidagi tartibotlarni soddalaştirişga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqiş;
- Özbekistonda taşqi savdo sohasidagi tartiblarni xalqaro standartlar asosida soddalaştiriş böyiça strategiyalar, rejalar va amaliy çora-tadbirlar loyihalarini işlab çiqib, hukumatga kiritiş;
- taşqi savdo, transport va logistika tartibotlarni soddalaştiriş sohasidagi xalqaro bitimlarni amalga oşirilişini nazorat qiliş va muzokaralarda amaliy yordam beriş;
- şaffof va istiqbolli taşqi savdo faoliyatini yaratiş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş;
















