Dekabr oyidan beri amalda bölgan embargoga qaramay, tankerlar Rossiya neftini Yevropaga taşişda davom etmoqda. Bu haqda Investigate Europe naşri yozdi.
Qayd etilişiça, Rossiya neftini Yevropaga yetkazib berişga qöyilgan taqiq 5 dekabrdan kuçga kirgan bölişiga qaramay, Yevropa tankerlari Rossiya nefti bilan yuzlab qatnovlarni amalga oşirgan, ulardan kamida yuztasi Yevropa portlariga borgan.
Uşbu tankerlarning aksariyati Gretsiya kompaniyalariga tegişli bölsa-da, Germaniya, Monako, Kipr, Daniya, Norvegiya va Buyuk Britaniya kemalari ham sanksiyalarni buzgan. Uşbu qatnovlarning aksariyati Yevropa suğurta kompaniyalari tomonidan suğurtalangan.
Şu bilan birga, Yevropa sanksiyalari ostida qolgan Rossiyaning «Sovkomflot» holdingi BAA nazorati ostidagi kompaniya orqali Yevropa bilan dengiz savdosini amalga oşirmoqda.
Jurnalistlarning aniqlaşiça, Rossiya neftini Yevropaga yetkazib beriş sanksiyalardagi kiçik böşliq tufayli davom etyapti. Taqiq Rossiyadan taşqarida qazib olingan, ammo Rossiya hududi orqali tranzit qilinadigan neftga taalluqli emas. Masalan, Qozoğiston öz neftini xuddi şunday eksport qiladi.
Neft sanksiyalarini joriy etgan Yevropa komissiyasi jurnalistlarga Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar hukumatlari uşbu çeklovlarga rioya etilişini nazorat qilişi kerakligini aytdi.
«Sanksiyalarni qöllaşning alohida holatlarini baholaş Yevrokomissiya vakolatiga kirmaydi», dedi uşbu tuzilma vakili.

















