«Hozirda ular «sovet» odamlari ekanligini hisobga olib, maksimal faollaşişga tayyorlanmoqda va ular bir yillik sanaga qadar qandaydir yutuqlarga ega bölişlari kerak, deb hisoblaşmoqda. Heç kimga sir emaski, ular 24 fevralgaça yangi tölqinga tayyorgarlik körmoqda, özlari şunday gapiryapti. Qaysi uçastkalarda nimadir qilişni istaşayotganini tuşuniş bor», dedi Danilov «Radio Svoboda» efirida.
Uning sözlariga köra, Rossiya harbiylari bir haftadan beri Zaporijjya yönalişida Ukraina Qurolli kuçlarining mudofaa qobiliyatini örganmoqda.
«Hozir esa qöşinlarning ma’lum bir töplanişi mavjud. Biz buni bilamiz, bu borada Rossiyada nima bölayotganini tuşunamiz», - deya qöşimça qildi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi.
Şu bilan birga, Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda ğalaba qozoniş imkoniyati nolga teng ekanligini allaqaçon tuşunib turibdi, dedi Oleksiy Danilov.
Avvalroq Bloomberg agentligi Kremldagi manbalarga tayanib, Vladimir Putin Ukrainada fevral-mart oylaridayoq boşlanişi mumkin bölgan yangi keng kölamli hujumga tayyorgarlik körayotgani haqida xabar bergan edi.
Putin Rossiya armiyasi bir neça oylik muvaffaqiyatsizliklardan söng taşabbusni qaytarib olişi hamda Kiyev va uning ittifoqçilariga Rossiyaga bosib olingan hududlar ustidan nazoratni saqlab qoliş imkonini beradigan qandaydir sulhga rozi bölişlari uçun bosim ötkazişi mumkinligini namoyiş qilmoqçi, deydi agentlik suhbatdoşlari.


















