UzAuto qirğizistonlik hamkorlar bilan birgalikda tijorat texnikalari va yengil avtomobillar işlab çiqarişni yölga qöyadi.
Bu haqda Özbekiston-Qirğiziston biznes forumida e’lon qilindi. Loyiha Qirğiziston Respublikasida avtomobil va tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça Özbekiston va Qirğiziston Respublikasi hukumatlari örtasidagi bitim doirasida amalga oşiriladi.
Qirğizistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantiriş böyiça hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan özaro qiziqiş, şuningdek, UzAuto kompaniyasining Qozoğiston va Ozarboyjonda raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etişdagi ijobiy tajribasini e’tiborga olgan holda, “Özavtosanoat” AJ va “ DT Teçnik” MÇJ vakillari Qirğizistonning Çuy viloyatida avtomobil va tijorat texnikalarini SKD (yirik hajmda yiğiş) usulida işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşirişadi.
Loyihani bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Jumladan, u SKD (yirik hajmda yiğiş) usulida va kiçik hajmda işlab çiqarişni, şu bilan birga avtokomponentlar industriyasini taşkillaştirişni öz içiga oladi.
Tomonlar davlatlararo savdo aloqalarini, jumladan, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantiriş va kengaytirişda umumiy manfaat hamda maqsadlarga ega. Ayni damda “Özavtosanoat” AJ Qirğiziston Respublikasiga avtomobil va tijorat uskunalarini eksport qilmoqda. Uşbu hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaşga qiziqiş uyğotdi. Natijada, Özbekiston-Qirğiziston örtasida qöşma loyihani amalga oşiriş istagi paydo böldi.
“Özavtosanoat” Qirğizistondagi hamkorlarga çuqur hurmat va işonç uçun samimiy minnatdorçilik bildiradi.
UzAuto Motors matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
















