2023 yil 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahar U.U.Jöraqulov köçasida Isuzu avtobusi özi va özgalar hayotini xavfga qöyib svetoforning qizil çiroğida harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hodisa 2022 yil 15 dekabr kuni sodir bölgan. Video 2023 yil 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
«Aziz avto yölovçi trans» MÇJga tegişli Isuzu rusumli avtobus svetoforning qizil çiroğida özi va özgalar hayotiga xavf tuğdirgan holda harakatlangan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruv işlari natijasida uşbu qoidabuzarlikni sodir etgan haydovçi topilgan.
Qayd etilişiça, haydovçi va MÇJ rahbariga nisbatan qonuniy çora körilib, haydovçi bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan.

















