Tarix sahnida bor-yöği 69 yil yaşagan sovet ittifoqida barça işlar yolğon ustiga qurilgan edi. Mamlakat içki va taşqi siyosatda boşqaça iş tutar, ommaga esa tamomila boşqa ma’lumotlar berilardi.

Masalan, 1980-yillarda sovet armiyasi Afğonistonda bosqinçilik uruşini olib borar, şuningdek, Afrika va Osiyoning ayrim mamlakatlarida vaziyatni izdan çiqarib, qurolli qözğolonlar taşkil etişda qatnaşardi. Sovet matbuoti va televidaniyesi esa «SSSR eng tinçliksevar mamlakat» deb tarğibot olib borar edi.

Şuningdek, bu davlatda köplab işlar ommadan yaşirilgan va sodir bölgan aksariyat halokatlar odamlardan sir tutilgan.

1957 yilda Çelyabinsk viloyatida joylaşgan radioaktiv moddalar işlab çiqaruvçi zavodda sodir bölgan halokat, 1961 yilda Gagarindan avval fazoga uçişga tayyorlangan kosmonavt Valentin Bandarenkoning fojiali ölimi, 1960 yilda Boyqönğirda qit’alararo ballistik raketaning parvoz oldidan portlab ketişi, 1986 yilda Çernobil AESda yuz bergan avariya şular jumlasidan.

Hatto ayrim fojialar haqida xorij matbuotida aniq faktlarga asoslangan xabar berilsa, u rad etilgan yoki halokatning kölami juda kamaytirib körsatilgan.

1986 yilda Çernobil AESda sodir bölgan halokatdan söng havoga kötarilgan radioaktiv moddalar Ğarbiy Yevropagaça yetib borgan. Ğarb matbuoti SSSRda yirik atom halokati sodir bölgani haqida yozayotganida Moskva televideniyesi mamlakatga Çernobil AESda kiçik nosozlik röy bergani, hodisa oqibatlari tezda bartaraf etilişi haqida xabar berayotgandi

SSSRda sodir bölgan köplab halokatlar sovet ittifoqi parçalanib ketişi arafasida yoki undan keyin oşkor böladi. Ungaça odamlar heç narsani bilmagan.

Turli halokatlarni yaşirişdan maqsad bitta bölgan: «Sovetlar mamlakatida hammasi zör, odamlar baxtli va farovon yaşayapti. Bu yerda odamlarning bavaqt ölimiga sabab böladigan halokatlar sodir bölmaydi».